
Daniya poytaxti Kopengagenda radikal siyosatchi Rasmus Paludan Qur’oni Karimni osmonga irg‘itgandan keyin kelib chiqqan to‘polon tufayli politsiya 23 kishini ushlagan. Bu haqda “Azon.uz” xabar bermoqda.
Stram Kurs partiyasi yetakchisi Rasmus Paludan musulmonlar zich yashaydigan Noerrebro mavzesiga kelib, Qur’oni Karimni osmonga irg‘itgan, shundan keyini muqaddas kitobni oyog‘i bilan ezgan.
Mamlakat bosh vaziri Lars Lyokke Rasmussen Paludanning harakatini “ma’nosiz provokatsiya” deb atab, uni xalq orasida fitna tarqatishga urinishda aybladi.
Rasmus Paludan 22 mart kuni Daniya parlamenti oldida o‘qilgan juma namoziga e’tiroz bildirib, Qur’oni Karimni yoqqan edi.
Rasmus PaludanDaniya SiyosatiQur’oni KarimNoerrebro MavzesiPolitsiya UshtirishMa’nosiz Provokatsiya O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar