
Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin Vladivostokda KXDR rahbari Kim Chen In bilan o‘tkazilgan Rossiya-Koreya muzokaralari yakunida matbuot anjumanida chiqish qildi.
Putin Ukrainadagi saylov natijalari bo‘yicha ilk marta munosabat bildirdi.
«Bu Poroshenko siyosatining to‘la barbod bo‘lishi. To‘liq va mutlaqo. Yangi hukumat buni tushuna olmaydi», degan Rossiya prezidenti.
U saylovda Vladimir Zelenskiy g‘alaba qozonishidan keyin Rossiya-Ukraina munosabatlari qanday davom etishi mumkinligi to‘g‘risidagi fikrlarini ham bildirib o‘tgan.
«Men aniq bilmayman, bu Ukrainaning yangi hukumati qanday siyosat olib borishiga bog‘liq. Biz esa munosabatlarni to‘la tiklash tarafdorimiz, ammo biz buni faqat bir tomonlama qila olmaymiz», degan Putin Ukrainaning yangi prezidenti davrida ikki mamlakat munosabatlari qanday ko‘rinishda bo‘lishi haqidagi savolga javoban.
U shuningdek, 24 aprel kuni imzolangan DXR va LXR aholisiga Rossiya pasportini berishni soddalashtirish bo‘yicha farmoniga izoh berib o‘tgan.
«Bu qandaydir negativ reaksiyalarga sabab bo‘ldimi? Shundaymi? Bu juda g‘alati-ku? Polsha bir necha yildan buyon ukrainlarga polyak kartasini berib keladi, Ruminiya va Vengriya esa pasport beradi. Bu jahon amaliyotida bor ish. Menda shunday savol tug‘ilmoqda: Ukrainada yashovchi rus bo‘lish, Ukrainada yashovchi polyak, vengr yoki rumin bo‘lishdan yomonroqmi? U yerda yashovchilar turli qarindoshlik aloqalari orqali Rossiya bilan bog‘liqdir. Men bu yerda hech qanday noodatiy narsa ko‘rmayapman», degan Putin.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Zelenskiyni Ukrainadagi prezidentlik saylovida g‘alaba qozonishi munosabati bilan tabriklamadi.
Putin Ukraina sharqidagi tan olinmagan «Donetsk xalq respublikasi» va tan olinmagan «Lugansk xalq respublikasi» hududida istiqomat qiluvchilarga Rossiya fuqaroligini berish jarayonini soddalashtirish to‘g‘risidagi farmonini imzoladi.
Zelenskiyning jamoasi bu farmon tufayli Rossiyani «okkupant davlat» deb atadi va bu davlatga nisbatan sanksiyalarni kuchaytirishni so‘radi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar