17:33 / 25.04.2019
3 150

Nikol Kidman farzandlarini Instagram va telefondan mahrum qildi

Nikol Kidman farzandlarini Instagram va telefondan mahrum qildi
Foto: Getty Images
Gollivud aktrisasi Nikol Kidman farzandlariga telefondan foydalanishga ruxsat bermaydi, deb yozadi "Daryo".

Aktrisaning musiqachi Kit Urbandan ikki nafar qizi bor — o‘n yoshli Sandey Rouz va sakkiz yoshli Feys Margaret. 51 yoshli yulduz farzandlariga gadjet sotib olmasligini va ularga ijtimoiy tarmoqdan foydalanishga ruxsat bermasligini tan olgan.

«Ularning telefonlari yo‘q, Instagram’dan foydalanishiga ham ruxsat bermayman. Men ma’lum chegaralarni saqlab turishga harakat qilaman», — deb ta’kidlagan u.

Shuningdek, suratga olish ishlarida bo‘lganda yoki turmush o‘rtog‘ining gastrol safarlarida farzandlari va uning repetitorini ham tez-tez o‘zi bilan birga olib borishini aytgan.
Nikol Kidman 1990 yildan 2001 yilga qadar aktyor Tom Kruzning rafiqasi bo‘lgan. Ularning Konner va Izabella Jeyn ismli farzandlari bor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nikol Kidman farzandlarini Instagram va telefondan mahrum qildi