Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili Rossiya prezidenti Vladimir Putinning tan olinmagan Donetsk va Lugansk xalq respublikalari aholisiga Rossiya fuqaroligini berishni soddalashtirish haqidagi farmoniga izoh berib, Ukrainaning saylangan prezidenti Vladimir Zelenskiyga Putinga yon bosmaslikni tavsiya qildi. Bu haqda uning Facebook’dagi videomurojaatida aytilgan.
“Putin Donetsk va Lugansk viloyatlarining alohida tumanlariga pasport bermoqda, Yanukovich Ukrainaga qaytmoqchiligini e’lon qildi, benzin narxlari oshmoqda – bu Putinga xosdir. U hozir Zelenskiy jamoasini sinamoqda. Ko‘rinishicha u Ukraina, misol uchun, ko‘p tomonlama muzokaralar formatidan chiqib, ikki tomonlama formatga o‘tishini va boshqa narsalarni istab darhol yon bosishini xohlamoqda”, deb aytgan Saakashvili.
Gruziyaning sobiq prezidenti Putin bilan muloqot qilish bo‘yicha katta tajribaga egaligini ta’kidlab o‘tgan. “Menda Putin bilan muloqot qilish bo‘yicha katta tajriba bor. Men shuni aytmoqchimanki, unga qanchalik ko‘p yon bossangiz, u shunchalik ko‘p talab qilaveradi. Uni qondiradigan me’yor yo‘q”, deb aytgan siyosatchi.
Saakashvili Rossiyaning bosimi Ukrainani yanada kuchliroq qilishiga umid bildirgan.
“Men ishonamanki, prezident Zelenskiyda buning barchasiga dosh berish uchun boshidan yetarlicha mustahkamlik zaxirasi bo‘ladi va shu sababli bunga bamaylixotir munosabatda bo‘lish lozim. Paxanga yon bosmaslik kerak, paxan buni hech qachon qadrlamaydi, unga kichik ramziy yon bosish ham, katta yon bosish ham qilmaslik kerak. Ukraina Rossiyaga hech narsa majbur emas”, deb aytgan gruziyalik siyosatchi.
24 aprelda Putin Ukraina sharqida joylashgan tan olinmagan Donetsk va Lugansk xalq respublikalari aholisiga Rossiya fuqaroligini berish tartibini sodddalashtirish haqida farmonni imzoladi.
Zelenskiy shtabida Putinning ushbu farmoni “jahon hamjamiyatiga Rossiyaning tajovuzkor davlat ekanligiga yana bir yaqqol tasdiq” hisoblanishi aytilgan. Amaldagi prezident Pyotr Poroshenko esa Rossiyani Donbassni bosib olishga tayyorlanayotganlikda ayblagan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi