16:00 / 27.04.2019
2 722

Putindan navbatdagi qadam: Rossiya ukrainaliklar uchun soddalashtirilgan fuqarolik haqida o‘ylayapti

Putindan navbatdagi qadam: Rossiya ukrainaliklar uchun soddalashtirilgan fuqarolik haqida o‘ylayapti
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ma’lum qilishicha, Moskva Ukraina fuqarolariga soddalashtirilgan tarzda Rossiya fuqaroligini berish haqida o‘ylayapti. U bu haqda Xitoyga tashrifi yakunlari bo‘yicha matbuot anjumani paytida xabar bergan, deb yozadi Kun.uz.

«Biz nafaqat LXR yoki DXRda istiqomat qilayotgan kishilarga fuqarolikni olishning bunday usulini taqdim qilyapmiz. Biz Ukraina fuqarolariga soddalashtirilgan tarzda fuqarolikni berish haqida o‘ylayapmiz», - deya ma’lum qildi u.

24 aprelda Putin Donbass aholisi tomonidan Rossiya pasportlarini soddalashtirilgan tartibda olish haqidagi farmonni imzoladi.

Rossiya yetakchisi ta’kidlashicha, o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan «Lugansk xalq respublikasi» va «Donetsk xalq respublikasi» aholisi uchun pasport berish jarayonidagi soddalashtirishda noodatiy hech narsa yo‘q, sababi bu bir qator davlatlarda oddiy amaliyot sanaladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putindan navbatdagi qadam: Rossiya ukrainaliklar uchun soddalashtirilgan fuqarolik haqida o‘ylayapti