23:00 / 28.04.2019
2 791

Nazarboyevga Xitoyning oliy mukofoti topshirildi

Nazarboyevga Xitoyning oliy mukofoti topshirildi
Xitoy raisi Si Szinpin Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevni Xitoyning xorijiy fuqarolar uchun beriladigan eng oliy mukofoti – Do‘stlik ordeni bilan taqdirladi.

“Biz Xitoy xalqining azaliy va katta do‘sti – Qozog‘istonning birinchi prezidenti janob Nazarboyevga Xitoy Xalq Respublikasining oliy mukofoti – Do‘stlik ordenini berish uchun tantanali marosimni o‘tkazmoqdamiz. Prezident Nazarboyev butun dunyoda obro‘ga ega, Xitoy-Qozog‘iston strategik sherikligi asoschisi hisoblanadi va uning rivojlanishini doimo olg‘a suradi”, deb aytgan Xitoy yetakchisi Pekindagi Xalq yig‘inlari uyidagi marosimda.

“Prezident Nazarboyev o‘zining uzoqni ko‘ra bilishi bilan ShHTning jadal rivojlanishini ilgari suradi. Mintaqada va butun dunyoda barqarorlikni qo‘llab-quvvatlashga salmoqli hissasini qo‘shgan va qo‘shmoqda”, deb qo‘shimcha qilgan Si Szinpin.

“Baxt uchun kurashish lozim. Xitoy va Qozog‘iston milliy tiklanish va farovonlik yo‘lida birgalikda harakat qilsin, orzularini ro‘yobga chiqarsin, Qozog‘iston-Xitoy munosabatlari uchun ajoyib istiqbollarni ochsin. Buyuk Xitoy va buyuk Qozog‘istonga farovonlik va qudrat, xalqlariga esa baxt va abadiy do‘stlikni tilayman”, deb aytgan Xitoy rahbari.

Do‘stlik ordeni oltindan yasalgan bo‘lib, ochilgan nilufargul ko‘rinishida ishlangan. Uning o‘rtasida Yer shari uzra tumshug‘ida zaytun shoxi bilan uchayotgan kabutar, pastki qismida bir-birini siqayotgan ikkita qo‘l tasvirlangan. Ordenning orqa qismida uni olgan kishining ismi o‘yib tushiriladi. Orden oltindan ishlangan zanjirda taqib yuriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nazarboyevga Xitoyning oliy mukofoti topshirildi