Olmaotalik Laura Muxtar Londonda bo‘lib o‘tgan Miss USSR UK—2019 go‘zallik tanlovida o‘rin oldi, deb xabar berdi Daryo.uz.
Tanlovning yakuniy bosqichida 11 nafar qiz ishtirok etgan. Kuzatuv natijalariga ko‘ra qozog‘istonlik 23 yoshli qiz uchinchi o‘rinni egallagan.
Ikkinchi o‘rinni esa rossiyalik model Kseniya Ocheredko olgan. Miss USSR UK —2019 unvonini esa armanistonlik 18 yoshli Angelina Chabanyan qo‘lga kiritgan.
U, shuningdek, internet orqali ovoz berish natijalariga ko‘ra «Tomoshabinlar e’tibori» mukofotiga ham sazovor bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, Miss USSR UK tanlovi 2013 yilda rossiyalik tadbirkor Yuliya Titova tomonidan tashkil etilgan. Unda sobiq ittifoq davlatlaridan bo‘lgan eng chiroyli qizlar ishtirok etadi. Tanlov Londonda yettinchi bor o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi
Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi
Abbosbek Fayzullayev “kashfiyotlar” qatorida
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi
Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi
Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi