
Voleybolchi Jaklin Karvalyu Braziliya superligasi uchrashuvi paytida intervyu berayotib hushidan ketdi, deb xabar qildi Day.Az nashri.
Sportchi qiz “SESI San-Paolo” va “EMS Taubate” jamoalari o‘rtasida kechayotgan o‘yin payti jurnalistlarga intervyu berayotgan edi. Kutilmaganda Jaklinning ko‘zlari yumilib, yonboshga yiqiladi. Uni operator va muxbir ushlab qoladi. O‘sha zahotiyoq Jaklinga tibbiy yordam ko‘rsatildi. Ma’lum bo‘lishicha, uning qon bosimi keskin tushib ketgan ekan.
Jaklin Karvalyu – voleybol bo‘yicha Braziliya terma jamoasi tarkibida ikki karra Olimpiada chempioni bo‘lgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar