
Ozarboyjonning Boku shahrida argentinalik futbolchi Lionel Messining qiyofadoshi istiqomat qilishi ma’lum bo‘ldi, deya xabar qildi Darakchi.uz nashri.
Ozarboyjonlik Royal Agamaliyevning tashqi ko‘rinishi Messiga shunchalik o‘xshashki, endilikda u “ozarboyjonlik Messi” deb atala boshladi.
Silliq jag‘, qirg‘iy nigoh va past bo‘y afsonaviy Messini yodga soladi.
Endilikda ozarboyjonlik Messi argentinalik futbolchi kabi yulduzga aylangan. U Boku ko‘chalari bo‘ylab tinmay dastxatlar yozib beradi, esdalik uchun fotosuratga tushadi.
Bokulik Messi haydovchi bo‘lib faoliyat yuritadi. Uning eng katta orzusi – chinakam Lionel Messi bilan uchrashib, argentinalik yulduzni Ozarboyjon bo‘ylab sayr qildirishdir.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar