11:09 / 01.05.2019
3 837

Dima Bilan ilk marta otasining suratini e’lon qildi (foto)

Dima Bilan ilk marta otasining suratini e’lon qildi (foto)
Mashhur pop qoʻshiqchi Dima Bilan oddiy ishchi oilasida oʻsgan. Uning otasi elektr ustasi boʻlib ishlagan. Nikolay Mixaylovich (Dima Bilanning otasi) hozirda nafaqada, oʻgʻlining yutuqlari sabab yaxshi hayot kechirmoqda. Dima Bilan yaqinda ota-onasining uyiga mehmonga boradi va otasi bilan tushgan suratini ilk marta instagram sahifasiga joylaydi. Uning kuzatuvchilari otasining yoshiga nisbatan ancha kuch-quvvatga toʻla insonligini koʻrib hayron qolishadi.

Qoʻshiqchining muxlislari suratlar ostiga “Juda chiroyli odam. Super!”, “Ajoyib inson!”, “Xarakterlariga gap boʻlishi mumkin emas!”, “Otangiz juda yaxshi odam!” kabi fikrlarni yozib qoldirishgan. Baʼzilar Dima Bilanning kelishgan yigit ekanligini endi tushunib oldi. Koʻpchilik xonandani otasini xalqdan yashirdi, deb iddaolar qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dima Bilan ilk marta otasining suratini e’lon qildi (foto)