
Tailand qiroli Maxa Vachiralongkorn (Rama X) o‘zining tansoqchisiga uylandi, deya xabar beradi RIA Novosti.
General Sutida Vachiralongkorn endi malika! 66 yoshli qirol 3 marta uylangan va uning hozirda 7 nafar farzandi bor.
2014 yil Vachiralongkorn aeroportning sobiq styuardessasi Sutida Tidjayni qo‘riqlash bo‘limining qo‘mondoniga o‘rinbosar qilib tayinlaydi. 2016 yilning dekabr oyidan esa general etib saylaydi.
Qirol va qirolicha avval uchrashib yurishgan, ammo bu haqda ommaga rasmiy ma’lumot berishmagan. Nikoh marosimi qirollik oilasi va saroy amaldorlarining guvohligi ostida o‘tkazilgan.





Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar