
Goʻzal toʻtiqush oʻz egasining kulgisini qoyilmaqom qilib takrorladi. Ushbu videoda, toʻti mehmonlar kayfiyatini qay tarzda koʻtarishi mumkinligini tomosha qilasiz.
Aytgancha, internet foydalanuvchilari “dumalab” kulayotgan toʻtiqush aks ettirilgan videoni miriqib tomosha qilishmoqda. Toʻtining kulgisini odam kulgisidan ajratish juda qiyin - u shu darajada qoyilmaqom tarzda oʻz egasiga taqlid qilgan.
Video tagida qoldirilgan izohlarda, bu videoni cheksiz tomosha qilish mumkinligi, chunki u kayfiyatga koʻtarinkilik baxsh etishi mumkinligi aytilgan.
Manba: sputniknews-uz.com
ToʻtiqushInternet YulduziKulayotgan ToʻtiqushVideoni Tomosha QilishKayfiyatni KoʻtarishQoyilmaqom Taqlid O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar