
Foto: RTVi
Niderlandiyaning Amsterdam shahar kengashi 2030 yildan boshlab benzin va dizel yoqilg‘isida harakatlanadigan avtomobillarning shaharga kirishi butunlay taqiqlanishini ma’lum qildi, deb xabar beradi "Daryo" nashri.
Hukumat tomonidan qabul qilingan dastur mazkur taqiqqa bir maromda, silliq o‘tishni ta’minlaydi. 2020 yilga borib shaharga ishlab chiqarilganiga 15 yildan oshgan dizelda harakatlanuvchi mashinalar, 2022 yildan avtobuslar, 2025 yildan esa skuter va mototsikllar kira olmaydi.
Bundan tashqari hukumat tomonidan aholini elektrokarlarga o‘tkazish bo‘yicha bir qator dasturlar ham taqdim etildi. Xususan, shahar aholisiga avtomobil turargohlari va ularni quvvatlantirish bo‘yicha kompensatsiya to‘lanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar