Moskvadan Murmanskka parvoz qilayotgan SSJ-100 yo‘lovchi samolyoti Sheremetevo aeroportiga qaytishiga to‘g‘ri kelgan. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, "Aeroflot"ga qarashli samolyot havoga ko‘tarilgandan birozdan keyin qo‘nishga ruxsat so‘ragan. Bunga samolyot qanotining yonayotgani sabab bo‘lgan.
Samolyot aeroportdan Moskva vaqti bilan 18.00da uchgan, so‘ngra Moskva viloyati ustida bir necha marta aylanib, keyin keskin pasaya boshlagan. Samolyot 18.40 da qo‘nishni amalga oshirgan.
Samolyotning yonishiga unga chaqmoq urishi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Yong‘in qo‘ngan samolyotni qamrab olgan va odamlar uni shoshgancha tark eta boshlashgan.
Favqulodda xizmatlarda ma’lum qilinishicha, voqea oqibatida 13 kishi halok bo‘lgan, 6 kishi jarohat olgan. Yo‘lovchilarning bir qismi taqdiri noma’lumligicha qolmoqda. Voqea joyiga kamida 10 ta tez tibbiy yordam mashinasi yo‘naltirilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, samolyotda 73 yo‘lovchi va 5 kishidan iborat ekipaj bo‘lgan. Ayni vaqtda yong‘in o‘chirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?