Qozog‘istonda Facebook, Instagram ijtimoiy tarmoqlari, YouTube videoservisi va Telegram messenjeriga kirib bo‘lmayapti, deb xabar bermoqda Kun.uz nashri.
Xalqaro nohukumat tashkiloti NetBlocks o‘tkazgan texnik monitoringga ko‘ra, 9 may kuni Qozog‘istonda internet-provayderlar Facebook, Instagram, YouTube va Telegram’ni bloklab qo‘yishgan.
Ta’kidlanishicha, Twitter va WhatsApp uzilishlarsiz ishlamoqda, Telegram esa messenjerning mobil va kompyuter versiyalariga yoqiq qolishga imkon beruvchi senzuraga qarshi choralarni qo‘llamoqda.
Oxirgi oylar Qozog‘istonda rasmiy Ostonaning tanqidchisi, ommaviy namoyishlarga chaqirgan Muxtor Ablyazovni jonli efirda chiqishini cheklash maqsadida vaqti-vaqti bilan ijtimoiy tarmoqlarga kirish bloklangan.
Shuningdek, 9 may kuni ertalabdan Qozog‘iston hududidan bir qator OAV saytlari –rus.azattyq.org, exclusive.kz, vlast.kz, holanews.kz kirib bo‘lmagan. Shuningdek, bir qator hududiy nashrlar, jumladan “Ak jayыk” va “Uralskaya nedelya” nashrlari saytlari bloklangan.
Avvalroq Qozog‘iston bosh prokuraturasi fuqarolarni “noqonuniy namoyishlarga” chiqmaslikka chaqirgan va bunday namoyishlar ishtirokchilari javobgarlikka tortilishlaridan ogohlantirgan. Bu murojaat Qozog‘iston sudi tomonidan taqiqlangan “Qozog‘istonning demokratik tanlovi” harakatining mamlakatning bir qator shaharlari, jumladan poytaxt Nur-Sulton va Olmaotada 9 may kuni namoyishlar o‘tkazish rejalaridan keyin qilingan.
Guvohlarning xabar berishicha, faollar ogohlantirishlarga qaramay 9 may kuni ko‘chalarga chiqishgan, Olmaota va Nur-Sultonda bir necha fuqaro ushlangan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?