Nepallik Kami Rita sayyoramizning eng baland cho‘qqisi – Everest tog‘iga ko‘tarilish soni bo‘yicha rekord o‘rnatdi. 49 yoshli erkak cho‘qqiga 23-marta ko‘tarildi.
Rita Tibetning tog‘li hududlarida yashagan odamlar avlodi – sherplar vakili hisoblanadi. Sherplar alpinistlarga cho‘qqiga ko‘tarilishlarida narsalarini ko‘tarishda va zarur narsalar bilan ta’minlashda yordam beradilar.
“Bu mening kasbim, biroq men buni Nepal uchun qildim. Alpinistlar cho‘qqini zabt etishganda, tanilib ketadilar. Biroq sherplar qiladigan og‘ir ish haqida hech kim eslamaydi”, deb aytgan rekordchi.
Kami uning xalqi dunyoning eng baland cho‘qqisiga ko‘tarilishda qo‘llanuvchi zinalar, arqonlar va boshqa qurilmalarni tiklash bilan shug‘ullanishlariga e’tibor qaratgan.
Rekordchi birinchi marta Everestga 1994 yilda ko‘tarilgan va o‘shandan beri deyarli har yili cho‘qqiga uyushtiriladigan ekspeditsiyalarda ishtirok etadi.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi