
AQSh hukumati mamlakat tarixida eng dahshatli va halokatli deya qayd etilgan Kaliforniyadagi ommaviy yong‘in uchun mas’ul shaxslarni aniqladi, deb xabar qildi Darakchi.uz nashri.
O‘tgan yili Kaliforniyaning Paradays shahridabir necha hafta davom etgan qirg‘inbarot alanga mahalliy elektr uzatish liniyalari bilan bog‘liq muammo sabab yuzaga kelgani ma’lum bo‘ldi. Qurg‘oqchilik va kuchli shamol uni keng tarqashiga olib kelgan. Uskunalar esa Tinch okeani elektr shirkatiga tegishli.
Hozirda shirkatga qarshi jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Eslatib o‘tamiz,ushbu ofat 85 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan hamda yarim milliondan ortiq binoni vayron qilgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar