Ukrainaning yangi prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘zining birinchi ish kuni prezident kursisining noqulayligidan shikoyat qildi.
Zelenskiyning ish o‘rnida birinchi marta paydo bo‘lishi va avval sobiq prezident Pyotr Poroshenko egallagan kursi borasidagi taassurotlari videosi prezident jamoasi tomonidan e’lon qilindi. Videoda yangi prezident avval Poroshenko o‘tirgan kursi yoniga kelib, unga o‘tirib, uning “noqulayligidan” shikoyat qiladi hamda o‘z nomiga bildirilgan olqishlarga “Nimaga chappak chalyapsiz?”, deb so‘raydi atrofidagilardan.
“Men esa qachon ko‘chib o‘tishimizni o‘ylamoqdaman”, deb aytadi Zelenskiy prezident kabinetidagi stol atrofida yig‘ilganlarga.
Ukraina prezidenti ma’muriyati ayni vaqtda 1939 yilda qurilgandan keyin Kiyev harbiy okrugi shtabi, urushdan keyin esa Ukraina kommunistik partiyasi markaziy qo‘mitasi egallagan binoda joylashgan. Ushbu bino 1992 yilda prezident qarorgohiga aylangan.
Avvalroq Zelenskiy Bank ko‘chasida joylashgan ushbu binoda ishlashni istamayotganini aytgan. Uning aytishicha, prezident ma’muriyati hukumat mavzesida emas, balki ochiq joyda ishlashi lozim. Biroq u qayerga ko‘chib o‘tmoqchiligiga aniqlik kiritmagan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi
Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi
Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi
Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi
2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi
Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi
“Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto)