Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning iste’fosi uchun petitsiya 25 mingdan ko‘proq ovoz to‘pladi. Petitsiya Zelenskiy saytida ro‘yxatga olingan.
To‘plangan ovoz prezident petitsiyani ko‘rib chiqishi uchun yetarlidir.
Petitsiya muallifining ta’kidlashicha, Ukrainaning yangi yetakchisi “aslida saylovchilarning 73 foiz qo‘llab-quvvatlovini olmagan”, odamlar unga amaldagi rahbariyatdan norozilik sifatida ovoz berishgan.
Petitsiyada ta’kidlanishicha, Zelenskiyning prezident sifatidagi ilk bayonotlari va harakatlari saylovchilari ixlosini qaytargan.
Petitsiya 22 may kuni paydo bo‘lgan, ko‘rib chiqish uchun zarur bo‘lgan ovozni to‘plashga 90 kun beriladi. Biroq petitsiya zaruriy 25 ming ovozni taxminan bir sutkada to‘plagan.
Avvalroq prezident shtabi vakili Denis Monastirskiy petitsiya yetarlicha ovoz to‘plasa, Zelenskiy unga o‘z munosabatini bildirishini aytgandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"