
Fransiyaning Mayen departamentidagi mehmonxona xodimlari 24 soat ichida 2 mingtadan ortiq quymoq tayyorlab rekord o‘rnatishdi, deb xabar berdi France Bleu radiostansiyasiga tayanib Kun.uz nashri.
Fransiyaning Laval shahridagi Ibis Le relais d'Armor mehmonxonasining 20 nafar xodimi Leclerc Pegase savdo markazida 24 soat davomida quymoq tayyorlashdi. Ular quymoqlarni bitta tovada tayyorlagan.
"Jahon rekordi o‘rnatildi: jami 2217 dona quymoq tayyorlanib sotildi. Tushgan pul bemor bolalarning orzularini ro‘yobga chiqaradigan Arc en Ciel assotsiatsiyasi hisobiga o‘tkaziladi", - deyiladi radiostansiya xabarida.
Har bir quymoq 50 sentdan sotilganligi aytilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar