Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevga umrbod Turk kengashining faxriy prezidenti maqomi berildi.
Bu haqda uning Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li bilan uchrashuvi davomida ma’lum bo‘ldi, deya xabar qildi Oqo‘rda matbuot xizmati.
Nazarboyevning 24 may kuni bo‘lib o‘tgan Chavusho‘g‘li bilan uchrashuvida Qozog‘istonning birinchi prezidenti ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni saqlab qolish va yana kengaytirish muhimligini qayd etdi.
Suhbat davomida tomonlar xalqaro va mintaqaviy dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashgan.
Mavlud Chavusho‘g‘li Nursulton Nazarboyevga turk olami davlatlari rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun “Turkiy tilli davlatlar kengashining bir umrlik faxriy raisi” maqomi berilishi to‘g‘risida qaror qabul qilinganini ma’lum qildi.
Turkiya TIV vaziri prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘on nomidan Nazarboyevni yaqin orada Turkiyaga tashrif buyurishga taklif qildi.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston senati qabul qilgan “Qozog‘iston Respublikasi Xavfsizlik kengashi to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, Nursulton Nazarboyev o‘z mamlakati Xavfsizlik kengashiga umrbod rahbarlik qilish maqomiga ega. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Suvning fanga noma’lum bo‘lgan yangi xususiyati topildi
Polsha generali: “Rossiya va Belarus bilan chegarada minalangan maydonlarni o‘rnatish kerak”
Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi
Rossiyada Ishim daryosidagi suv sathi tarixiy rekordni yangiladi
Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi
Kim Chen In iqtisodni jonlantirish uchun Rossiya bilan aloqalarni mustahkamlashga intilmoqda
Hamid Sodiq: “Agar qonunlar ishlamasa, qonunlarning vazifasini korrupsiya bajarishni boshlaydi”