date
views 3 127

Amerika qiruvchisi Rossiya samolyoti niqobi ostida parvoz qildi (video)

Amerika qiruvchisi Rossiya samolyoti niqobi ostida parvoz qildi (video)
Amerikaning F-16C Fighting Falcon qiruvchisi Rossiyaning Su-57 samolyoti niqobi ostida parvoz qilgan videosi internetga joylandi, deb xabar berdi «Daryo».

Videoni Nellis aviabazasi matbuot xizmati joylagan. Videoda AQSh Harbiy havo kuchlarining «Agressor» 64-eskadrilyasiga tegishli samolyotning «pikselli» moviy rang yordamida Rossiyaning Su-57 samolyoti niqobi ostiga kirib olgani aks etgan.

Shuningdek, F-16C ga Rossiya Harbiy-havo kuchlari foydalanadigan qizil bort raqamlari surtilgan. Shu bilan birga, fyuzelyajda Amerikaning qora raqamlari ham bor.
Ghost First Flight

Let us know if you caught a glimpse of the #Ghost on its first flight today! Here are some highlights of all the action! #PaintTheViper #F16 #64AGRS #MiG #AirPower #NellisAFB 57th Wing Commander

Опубликовано Nellis Air Force Base Четверг, 23 мая 2019 г.

US Military Update’ning Youtube kanali ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu samolyot harbiy mashqlar davomida shartli dushman rolini o‘ynagan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerika qiruvchisi Rossiya samolyoti niqobi ostida parvoz qildi (video)