Foto: AFP
AQSh preizidenti Donald Tramp Yaponiya imperatori Naruxitoga alt — skripkaga o‘xshash past ovozli qilli yoki puflab chalinadigan muzika asbobini sovg‘a qildi. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.
Musiqa asbobi 1983 yilda Charlston shahrida (G‘arbiy Virjiniya) qo‘lda yasalgan. Shu bilan bir qatorda, AQSh prezidenti imperatorga 20-asrdagi amerikalik bastakor Aaron Koplend suratini ham taqdim etgan. Qayd etilishicha, imperator alt chalishni yaxshi ko‘radi.
Bunga javoban Naruxito Trampga moviy chinni vaza, uning rafiqasiga esa oltin bilan bezatilgan quticha bergan.
Naruxito va Tramp uchrashuvi imperatorning Tokiodagi saroyida 27 may kuni boshlandi. AQSh prezidenti u yerga rafiqasi Melaniya Tramp bilan birga kelgan. U Naruxito taxtga o‘tirganidan so‘ng tashrif buyurgan birinchi chet ellik rahbar bo‘ldi.
Naruxito Yaponiyaning 126-imperatori bo‘ldi va mamlakatda Reyva — yangi davr boshlandi. Uning otasi, sobiq imperator Akixito 30 aprel kun taxtdan voz kechdi. U taxtni 30 yil davomida egallab kelgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi
O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi
Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi