date
views 2 816

Endi AQSh vizasini olmoqchi bo‘lganlar ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarini ko‘rsatadi

Endi AQSh vizasini olmoqchi bo‘lganlar ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarini ko‘rsatadi
Endilikda AQSh vizasini olish uchun ariza beruvchilar ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarini ko‘rsatishlari lozim, deb xabar berdi RIA Novostiga tayanib Kun.uz nashri.

"Davlat departamenti Amerika vizasi olish uchun ariza topshiruvchilardan qo‘shimcha ma’lumot, jumladan, ijtimoiy tarmoqlardagi identifikatorlari to‘g‘risida ma’lumot so‘rash maqsadida immigratsion va noimmigratsion vizalar uchun ariza blankalarini yangiladi", - dedi agentlik suhbatdoshi.

U aniq muddatni aytmadi, ammo Hill nashrining yozishicha, yangi qoidalar 31 maydan kuchga kirgan.

"Vizaga ariza topshiruvchilardan ushbu qo‘shimcha ma’lumotlarni to‘plash ularni tekshirish va shaxslarini tasdiqlash jarayonini takomillashtiradi", - deb qo‘shib qo‘ydi davlat departamenti xodimi.

Hill nashrining yozishicha, ariza beruvchi ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmasligini ko‘rsatishi mumkin, biroq agarda bu ma’lumot noto‘g‘ri bo‘lib chiqsa, "jiddiy immigratsion oqibatlar"ga olib keladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Endi AQSh vizasini olmoqchi bo‘lganlar ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarini ko‘rsatadi