Foto: Reuters
Qirollik oilasi muxlislari Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvga ataylab qizil yoqut ko‘zli toj kiygan, degan qarorga keldi. Bu haqda Independent xabar berdi.
Bukingem saroyida 3 iyun kuni o‘tkazilgan tashrifda Yelizaveta toji yoqutlar bilan bezitilgan oq kiyimda bo‘lgan. Royal Exhibitions’ning yozishicha, afsonalarga ko‘ra, ushbu qimmatbaho toshlar kasallik va yovuzlikdan himoya qiladi. Aynan shunda Twitter foydalanuvchilari qirolicha tanlagan libosda sirli ma’noni anglagan.
«Taqinchoqlarni tanlashda qirolicha doim ularning ma’nosiga e’tibor beradi. Uni juda yaxshi ko‘raman», — degan foydalanuvchilardan biri.
«Qirolicha tojni Tramp tashrifi vaqtida yomonlikdan himoyalanish uchun taqqan», — degan boshqa foydalanuvchi.
Xabarda aytilishicha, Yelizaveta IIga 96 yoqutli tojni Myanma aholisi sovg‘a qilgan. Yoqutlar soni toj himoya qiladigan kasalliklar sonini bildiradi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi