
Foto: Google Images
Rossiyaning «Melita» kemasi 5 iyun kuni po‘rtana tufayli Ukrainaning Qora dengizdagi hududiy suvlariga kirib qoldi. Bu haqda Daryo xabar bermoqda.
Ruminiyaning Konstansa portiga ketayotgan kema yo‘nalishdan adashib, Ukraina hududiy suvlariga 5 dengiz mili masofasida kirib borgan. Chegarachilar kemani tutib turmaslikka qaror qildi: ekipaj mazkur holat yuzasidan tushuntirish berdi va kema manzil sari yo‘l oldi.
Ukraina harbiy-dengiz kuchlari mutasaddilariga ko‘ra, aslida «Melita»ni ushlab turish uchun chegarachilarda asos bo‘lgan—chegara buzishdan tashqari kemada avtomatik payqash tizimi ham o‘chiq bo‘lgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar