00:02 / 07.06.2019
3 973

Nursulton Nazarboyev senat majlisida nima sababdan iste’foga chiqqanini ma’lum qildi

Nursulton Nazarboyev senat majlisida nima sababdan iste’foga chiqqanini ma’lum qildi
Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev mamlakat senatining yalpi majlisida nima sababdan iste’foga chiqqanini ma’lum qildi.

“Bu yil qabul qilgan qarorim, - davlat barqarorligi uchun, kelajak uchun, so‘nggi 30 yil davomida amalga oshirgan siyosatim izchilligi yo‘lida obdon o‘ylab qilingan qaror”, - dedi Nazarboyev.

Sobiq prezident boshqa davlat rahbarlaridan ko‘plab maktub va qo‘ng‘iroqlar qabul qilganida hayron bo‘lganini ta’kidlagan, zero bunday reaksiyani kutmagan, deya yozadi RIA Novosti.

Shu bilan birga, Nazarboyev uning bu odimi “hukumatni boshqaga topshirish masalasini qanday hal qilish lozimligi” uchun namuna bo‘lgani qayd etgan.

Nursulton Nazarboyev 19 mart kuni millatga murojaat qilib, iste’foga chiqishini ma’lum qildi. Saylovgacha Qozog‘iston prezidenti vazifasini Parlament Senati spikeri Kasim-Jomart Tokayev bajarib turadi.

Qozog‘istonning amaldagi prezidenti Kasim-Jomart Tokayev shu yilning 9 iyun kuni navbatdan tashqari prezident saylovi bo‘lib o‘tishi to‘g‘risida qaror qabul qilganini ma’lum qildi.

Davlat rahbari lavozimiga 7 kishi da’vogarlik qilmoqda: “Nur Otan” partiyasidan Kasim-Jomart Tokayev, “Aq jol” partiyasidan Daniya Yespayeva; “Qozog‘iston Kommunistik xalq partiyasi”dan Jambil Axmetbekov, “Auil” partiyasidan Toleutay Rahimbekov, “Yil tag‘diri” milliy-vatanparvar harakatidan Amirjon Kosanov; yozuvchi va jamoat arbobi Sadibek Tugel; G‘arbiy Qozog‘iston viloyati kasaba uyushmalari hududiy birlashmasi raisi Amangeldi Taspixovlar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nursulton Nazarboyev senat majlisida nima sababdan iste’foga chiqqanini ma’lum qildi