Rossiya va Belarus ittifoq davlat doirasida integratsiyani chuqurlashtirish bo‘yicha muzokaralarda yagona valyuta joriy etish masalasini muhokama qilmoqda, deb xabar berdi Kun.uz nashri.
Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Oreshkin Belarus iqtisodiyot vaziri Dmitriy Krutoy bilan uchrashuv yakunlariga ko‘ra bu masala markaziy banklar o‘rtasidagi muzokaralarda ko‘rib chiqilishini, qaror esa ikki davlat prezidentlari tomonidan qabul qilinishi bildirdi.
Belarus iqtisodiyot vaziri yagona valyuta borasidagi masala muzokaralarda asosiy o‘rin tutmasligini ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yagona iqtisodiy makon yaratishning asosiy shartlari barcha yo‘nalishlarda amalga oshirilishi, so‘nggi bosqich esa yagona valyuta bo‘lishi lozim.
Rossiya va Belarus o‘rtasida ittifoq davlati tuzish to‘g‘risidagi shartnoma 1999 yil dekabrda imzolangan bo‘lib, 2000 yildan kuchga kirgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi