13:25 / 09.06.2019
3 801

Putin Rossiyani "aqlli maymun" deb atadi

Putin Rossiyani "aqlli maymun" deb atadi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh va Xitoy o‘rtasidagi iqtisodiy urushni yo‘lbarslar jangiga qiyosladi. Rossiyani esa yo‘lbarslarni kuzatib turgan aqlli maymun deb atadi. Bu haqda Forum Daily'ga tayanib Daryo xabar berdi.

Sobiq ittifoq va AQShning sovuq urushi davrida ommalashgan xitoylik masalga ko‘ra, maymun yo‘lbars va arslon kurashiga aralashmaydi va ular kuchini yo‘qotganidan keyin ikkalasini ham o‘ldiradi.

Eslatib o‘tamiz, may oyida AQSh Xitoy mahsulotlariga qo‘yiladigan bojni 10 foizdan 25 foizgacha oshirdi. Bundan tashqari, AQSh prezidenti Donald Tramp yaqin kelajakda Xitoyning qolgan barcha importlari uchun bojni 300 milliard dollarga oshirishni buyurgan.
Bunga javoban Xitoy 1 iyundan AQSh mahsulotlariga 60 milliard dollar boj o‘rnatgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin Rossiyani "aqlli maymun" deb atadi