date
views 2 787

Poroshenkoning mol-mulki hibsga olinishi mumkin

Poroshenkoning mol-mulki hibsga olinishi mumkin
Ukrainaning sobiq prezidenti Pyotr Poroshenkoning mol-mulki iyunda hibsga olinishi mumkin. Bu haqda Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovich ma’muriyati rahbari o‘rinbosari Andrey Portnov NewsOne telekanali efirida ma’lum qildi.

“Davlat tergovlar byurosi boshlang‘ich bosqichda tergov boshladi. Biz o‘z iltimosnomalarimizda iyundayoq Poroshenkoning barcha aktivlari, pullari va ko‘chmas mulki hibsga olinishi masalasini qo‘ymoqdamiz”, deb aytgan Portnov. Uning aytishicha, sobiq prezident mol-mulkini hibsga olish uchun bosh prokurordan boshqa hech qanday huquqiy to‘siq yo‘q.

Ayni vaqtda Ukrainada Poroshenkoga qarshi bir nechta jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Poroshenkoning mol-mulki hibsga olinishi mumkin