
Janubiy Afrika Respublikasidagi Kryuger milliy bog‘iga tashrif buyurgan turistlar yovvoyi tabiatda omon qolishga intilayotgan leopardni tasvirga olishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar beradi National Geographic.
Videoda bir to‘da shoqollar kasalligi yoki qarib qolgani sabab kuchsizlanib qolgan leopardga tashlanayotgani tasvirlangan. Leopard qiyinchilik bilan shoqollardan qochib ketgan. Shunga qaramay yirtqichlar to‘dasi uni kuzatishda davom etgan.
Leopardlar mushuksimonlar oilasiga kiruvchi epchil jonzot hisoblanib, ularning kattaligi 2—2,5 mtergacha yetadi. Uzunligining asosiy qismini dumi tashkil etadi. Do‘g‘dor shoqollarning kattaligi esa 1,3 metrgacha yetadi. Har qanday mojaroli vaziyatda ham leopard shoqollar bilan urushmaydi, shunchaki daraxtga chiqib qolib berkinishni ma’qul ko‘radi.
Janubiy AfrikaKryuger Milliy Bog‘iLeopardYovvoyi TabiatShoqollarTuristlar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar