19:00 / 12.06.2019
3 011

Selfi terining erta qarishiga sabab bo‘lishi aniqlandi

Selfi terining erta qarishiga sabab bo‘lishi aniqlandi
Amerika kosmetika firmalaridan birining mutaxassislari selfi va terining erta qarishi o‘rtasida aloqa borligini aniqlashdi. Bu haqda The Sun nashri ma’lum qildi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, selfi olayotgan vaqtda smartfondan taralayotgan “ko‘k” nurlanish terining qatlamiga chuqur tarqalishga qodir va bu inson terisiga yomon ta’sir o‘tkazmasdan qolmaydi. Ushbu nurlanish terini ingichkalashtirib, erta qarishiga olib keladi.

Mutaxassislar terining qarish jarayonini sekinlashtirish uchun smartfondan foydalanish vaqtini qisqartirish, shuningdek, S vitaminga ega bo‘lgan mahsulotlarni iste’mol qilishni tavsiya qilishadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Selfi terining erta qarishiga sabab bo‘lishi aniqlandi