Foto: «Kommersant’»
«Pokrovskoye-Streshnevo» ichki ishlar bo‘limi xodimlari Meduza nashri jurnalisti Ivan Golunovni qo‘llab-quvvatlashga chiqqan marsh ishtirokchilaridan birini hukumatga qarshi shior — «Ivan Golunov» deb baqirgani uchun ma’muriy javobgarlikka tortdi.
Meduza nashrining yozishicha, protokolda aksiya ishtirokchisi «fuqarolar va ommaviy axborot vositalarining e’tiborini o‘ziga tortib hukumatga qarshi shior — ‘Ivan Golunov’ deya baqirgan».
Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, politsiya xodimlari tezlik bilan protokollardan «hukumatga qarshi shior» jumlasini olib tashlaydigan bo‘lgan. Qo‘lga olingan ishtirokchilardan biri ozodlikka chiqqanidan so‘ng, politsiyachilar telefon orqali unga «tuzatilgan protokol»ni yuborishni taklif qilishgan.
Moskva vaqti bilan 17:30 da o‘tkazilgan aksiyada 423 nafar odam qo‘lga olingan. Ular orasida jurnalistlar ham bo‘lib, aksariyati keyinroq qo‘yib yuborilgan. Qo‘lga olinganlarning ma’lum qismiga rejalashtirilmagan aksiyada ishtiok etgani sabab ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi