23:42 / 13.06.2019
1 464

Kokorin va Mamayevning ishi bo‘yicha apellyatsiya sudi o‘tkazildi

Kokorin va Mamayevning ishi bo‘yicha apellyatsiya sudi o‘tkazildi
Moskva shahar sudida «Zenit» hujumchisi Aleksandr Kokorin va «Krasnodar» yarimhimoyachisi Pavel Mamayev ishi apellyatsiya tartibida ko‘rib chiqildi.

Avvalroq, har ikkalasi bezorilik jinoyatini sodir etganlikda aybdor deb topilib, qamoq jazosiga mahkum qilingan edi.
Sud belgilangan qamoq jazosi va uning muddatini o‘zgarishsiz qoldirdi.

Endi Aleksandr Kokorin 1 yilu 6 oy muddat, Pavel Mamayev esa 1 yilu 5 oy muddat davomida qamoqda o‘tirishadi. Natijada Kokorin dekabr oyida, Mamayev esa noyabr oyida ozodlikka chiqadi.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yil oktyabr oyida Kokorin va Mamayev Moskva shahridagi bir necha mushtlashuvlarda ishtirok etishgani uchun hibsga olingan edilar. 2019 yil 8 may kuni futbolchilarga sud tomonidan qamoq jazosi tayinlandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)