3 373
Turkmaniston prezidenti velosipedda o‘tirib to‘pponchadan o‘q otish mahoratini namoyish qildi
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov harbiy mashg‘ulotlarda velosipedda nishonlar oldidan o‘tayotib, to‘pponchadan ularga aniq o‘q otish malakalarini namoyish qildi. Bu haqda Turkmaniston hukumatining “Neytralniy Turkmenistan” nashri xabar berdi.
Berdimuxamedov ushbu malakalarini o‘quv-mashg‘ulot markazida namoyish qilgan. Nashrning ta’kidlashicha, Turkmaniston yetakchisi milliy armiya qo‘shinlarining tayyorligini to‘satdan tekshirish maqsadida yarimtundan keyin tegishli bo‘linmalarning jangovar shay holatga keltirilishini buyurgan. Trevoga bo‘yicha harbiy qismlarning shaxsiy tarkiblari oyoqqa turg‘izilgan, jangovar samolyot va vertolyotlar o‘quv-mashg‘ulot markaziga yo‘l olgan.
Bu yerda Berdimuhamedov harbiy mashg‘ulotlarni ko‘zdan kechirib, velosipedga o‘tirgan va yo‘l bo‘ylab o‘rnatilgan uchta nishon oldida burilishlar bajarib, ulardan har biriga uchtadan o‘q uzgan.
Nashrning ta’kidlashicha, Turkmaniston yetakchisi barcha nishonlarni aniq mo‘ljalga olib, o‘zining yaxshi jismoniy tayyorgarlikda ekani va o‘q otish mahoratini yana bir namoyish qilgan va harbiylarga o‘rnak ko‘rsatgan.
Berdimuhamedov muntazam ravishda qo‘l ostidagilarga turli o‘qotar qurollardan o‘q otish malakasini namoyish qilib keladi. Biroq, ta’kidlanishicha, velosipedda o‘tirib aniq o‘q otish malakasini Turkmaniston prezidenti ilk bor namoyish qildi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi
Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi
Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi
AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi