Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev «Euronews»ga intervyu berdi.
Toqayev AQSh yetakchisi Donald Trampdan Xitoy bilan savdo urushida murosa yo‘lini tanlashni, xitoyliklarni boshi berk ko‘chaga kiritib qo‘ymaslikni so‘radi.
«Men xitoylik rahbarlar, umuman bu xalq psixologiyasini yaxshi tushunaman, ular bilan bemalol kelishib ketish mumkin», — ta’kidladi Toqayev.
Toqayev Qozog‘iston Xitoyga bir qator tabiiy resurslarni eksport qiluvchi eng yirik mamlakatlardan biri ekaniga urg‘u berdi.
«AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo urushidan tashvishdamiz. Qozoq mahsulotlari narxi tushib ketishi mumkin, mana shunisi xavotirli», — dedi Qozog‘iston prezidenti.
Eslatib o‘tamiz, AQSh Xitoyning qariyb 200 milliard dollarlik mahsulotlari uchun bojni 10 foizdan 25 foizga oshirgandi. Keyinchalik Tramp Xitoyning qolgan mollari importiga ham bojlarni oshirishni boshlashga buyruq bergandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Zelenskiy ukrainaliklarni qo‘rqitmaslik uchun halok bo‘lganlar sonini kamaytirib aytgan
Husiylar Rossiya neftini olib ketayotgan kemaga raketalar uchirdi
Tojikiston o‘z fuqarolarini «o‘ta zarurat bo‘lmasa» Rossiyaga bormaslikka chaqirdi
Global Janub kimniki?
Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi
Xose Venansio Lopes: Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik