Venesuela prezidenti Nikolas Maduro oltin zaxiralarini mamlakat tashqarisiga olib chiqishga urinmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal nashri xabar berdi.
Venesuela vakillarining ta’kidlashicha, bozor narxi 300 mln dollarlik 7,4 tonna oltin ikkita samolyotda Ugandadagi neftni qayta ishlovchi zavodga yetkazilgan.
Oltin yombilar belgilangan manzilga Rossiyaning charter laynerlarida keltirilgan. Ta’kidlanishicha, ba’zi yombilarda Venesuela markaziy banki muhri bor.
Uganda politsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Entebbega keltirilgan oltin zavodda qayta ishlanib, keyin Yaqin Sharqqa eksport qilingan.
Xalqaro mutaxassislarning fikricha, oltinning noqonuniy transportirovkasi Maduroga hokimiyatni ushlab turishda yordam beruvchi uning xufiyona iqtisodiyotining bir qismi hisoblanadi.
Avvalroq Sardes turk firmasi Maduroga Venesueladan 900 mln dollarlik oltinni olib chiqib ketishda yordam bergani ma’lum qilingandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi"
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?