10:48 / 19.06.2019
2 209

Qozog‘istonda yangi vazirlar qasamyod qildi

Qozog‘istonda yangi vazirlar qasamyod qildi
Foto: Primeminister
Qozog‘istonda qayta tayinlangan vazirlar — Asxat Aymagambetov, Magzum Mirzagaliyev va Aktoti Raimkulova qasamyod qildi, deb xabar berdi «Zakon.kz»ga tayanib Daryo.

«Farmonga ko‘ra, ichki va tashqi siyosat, eksportni muvofiqlashtirish va rivojlantirish, texnik jihatdan tartibga solish va standartlashtirish bo‘yicha vakolatlar topshirilgan Savdo va integratsiya vazirligi yaratildi», — degan bosh vazir Asqar Mamin.

Shuningdek, uning so‘zlariga ko‘ra, Ekologiya, geologiya va tabiiy resurslar vazirliklarining vakolatlariga qattiq maishiy chiqindi, suv ta’minoti, va sanitariya bilan bog‘liq masalalar ham kiritiladi.

«Prezident farmoniga ko‘ra yangi vazirliklar tashkil etilib, ularga rahbarlar tayinlandi. Baxit Sultonov — Savdo va integratsiya vaziri, Magzum Mirzagaliyev — Ekologiya va tabiiy resurlar vaziri bo‘ldi. Shu bilan birga, Asxat Aymagambetov — fan va ta’lim vaziri, Aktoti Raimkulova — sport va madaniyat vaziri bo‘ldi. Hozir prezident tomonidan birinchi marta vazir lavozimiga tayinlanganlar qasamyod keltirishi lozim», — deb ta’kidlagan bosh vazir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonda yangi vazirlar qasamyod qildi