2 788
Polshada mast holatda shahar ko‘chalari bo‘ylab tankda sayr qilgan haydovchi qo‘lga olindi
Foto: Wiadomosci
Polshada shahar ko‘chalari bo‘ylab T-55 tankida sayr qilgan mast erkak qo‘lga olindi, deb xabar beradi Daryo.uz nashri.
Mazkur hodisa 12 iyun kuni Payenchno shahrida sodir bo‘lgan, biroq voqeaga keyinroq e’tibor qaratishgan. Ma’lum bo‘lishicha, polshalik harbiylarga tegishli T-55 tankini bir joydan boshqa joyga ko‘chirib olib o‘tishayotgan bo‘lgan. Jarayon orasida texnikani tashishga mo‘ljallangan transportyor buzilib qolgan. Uni tuzatish uchun esa tankni yerga tushirish kerak bo‘lgan.
Operatsiyaning aynan shu qismiga 49 yoshli haydovchi javobgar bo‘lgan. Ichib olgan haydovchi harbiy texnikada sayr qilish imkoniyatidan unumli foydalangan. Politsiyachilar yetib kelguniga qadar T-55 shahar markaziy ko‘chlarini aylanib chiqishga ulgurgan.
Haydovchi qo‘lga olingan va o‘ziga kelgach so‘roq qilingan. Agarda unga nisbatan xavfli transport vaziyatini yuzaga keltirish bo‘yicha ayblov e’lon qilinsa, haydovchi sakkiz yilga qamalishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?
Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi
Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi