Foto: «Dialog»
Afg‘onistonning Farah viloyatidagi masjid mullasi o‘z oila a’zolarini tartibsiz o‘qqa tutishi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi, 5 kishi jarohatlandi. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.
Afg‘onistonning «Salom Vatandor» gazetasining Farah viloyati kengash raisi Mahmud Naimiyga tayanib xabar berishicha, voqea 10 iyun kuni kechasi Farah viloyatining Xoki Safed tumanida sodir bo‘lgan.
Naimiyning ma’lum qilishicha, mulla avval o‘z oila a’zolarini otgan, ammo ularga yordam berish uchun ikki qo‘shnisi yugurib chiqqanida mulla ularni ham o‘qqa tutgan. Oqibatda qo‘shnilar ham yaralangan, ulardan biri og‘ir ahvolda. Halok bo‘lganlar orasida olti nafar ayol va ikki nafar bola ham bor.
Voqea tolibonlar nazoratida bo‘lgan tumanda sodir bo‘lgan va qotil tolibonlar tomonidan qo‘lga olingan.
Jinoyat sabablari hali ham noma’lumligicha qolmoqda. Afg‘onistonda avval ham ommaviy qotilliklar sodir etilgan, lekin jinoyatchining o‘z oila a’zolarini o‘ldirishi birinchi marta kuzatilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHda Falastinni qo‘llab namoyishga chiqqani uchun hibsga olingan talabalar soni 900 nafardan oshdi
Shimoliy koreyaliklarning aql bovar qilmaydigan 7 ta kundalik odati
Devid Kemeron Markaziy Osiyoga safarida hashamatli samolyot ijaraga olgani uchun tanqid qilindi
Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi
Saudiyadagi sammitda Isroil va Hamas o‘rtasida muzokaralarni tiklashga harakat qilinmoqda
Ro‘ziqul Berdiyev: "Kubok o‘yinlari davomida yigitlarda kuchli ishtiyoq sezmadim"
Keniyada to‘g‘on buzilishi oqibatida 42 kishi halok bo‘ldi