date
views 3 352

Rossiyada Putinga ishonch darajasi pasaygani qayd etildi

Rossiyada Putinga ishonch darajasi pasaygani qayd etildi
Foto: «Gazeta.ru»
Rossiya jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi (VSIOM) mamlakat prezidenti Vladimir Putinga ishonch darajasi pasayganini qayd etdi.

3—9 iyun kunlari o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, Putinga ishonishi haqida respondentlarning 71,7 foizi ma’lum qilgan (bir hafta avval 72,4 foiz).

So‘rov qatnashchilarining 25 foizi Rossiya prezidentiga ishonmasligini bildirgan (bir hafta oldin 24,3 foiz).

So‘rov VSIOM uchun yangi uslub bo‘yicha o‘tkazilgan va uning ishtirokchilariga «Siz Vladimir Putinga ishonasizmi yoki yo‘qmi?» degan savol berilgandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada Putinga ishonch darajasi pasaygani qayd etildi