Foto: Sputnik
Ukraina sobiq prezidenti Pyotr Poroshenko Glavcom portaliga bergan intervyusida Kiyevning yangi rahbariyati Qrimga da’vo qilishdan voz kechishi mumkinligini ma’lum qildi, deya xabar beradi Sputnik.
Siyosatchining fikriga ko‘ra, Ukraina rahbariyati Donbassdagi mojaroni hal qilish evaziga Qrim yarimorolini Rossiyaga tegishli deb tan olishi mumkin.
«Lekin o‘sha zahoti hukumat bo‘lishdan to‘xtaydi. Bu odamlar uchun juda xavfli bo‘ladi, birinchi navbatda, chunki yangi siyosatchilarning taqdiri meni juda kam qiziqtiradi», — deydi Poroshenko.
Shuningdek, u Ukrainaning amaldagi prezidenti Vladimir Zelenskiyga omma oldida maslahat bermagan bo‘lishini ta’kidladi. Biroq Zelenskiy Rossiya davlati tug‘dirayotgan «haddan tashqari xavf va tahdidlarni» hisobga olishi kerak, deya xulosa qilgan.
Qrim Ukrainada yuz bergan davlat to‘ntarishidan so‘ng 2014 yil mart oyida o‘tkazilgan referendum yakunlariga ko‘ra, Rossiya tarkibiga kiritildi. Referendumda yarimorolning aksariyat aholisi Rossiya tarkibiga kirish uchun ovoz berdi. Rossiya va Qrim qo‘shilishi uchun 96,77% qrimliklar va 95,6% Sevastopol aholisi ovoz bergan.
Moskva yarimorol aholisi demokratik yo‘l, xalqaro huquq va BMT Nizomiga muvofiq qaror qabul qilganini bir necha bor ta’kidladi. Rossiya prezidenti Vladimir Putinning so‘zlariga ko‘ra, Qrim masalasi uzul-kesil hal qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi