18:45 / 25.06.2019
4 426

Rossiya va Belarus birlashadimi? Putinning javobi

Rossiya va Belarus birlashadimi? Putinning javobi
Rossiya va Belarusning birlashib, yagona davlat vujudga keltirish rejalari yo‘q. Bu haqda Rossiya prezidenti “Vladimir Putin bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot” davomida ma’lum qildi.

“Bugungi kunda Rossiya va Belarusning bir davlat bo‘lib birlashish rejasi yo‘q. Gap Ittifoqdosh davlat tuzish to‘g‘risidagi shartnomani amalga oshirish haqida bormoqda. Bu yagona davlat degani emas”, – dedi Rossiya rahbari.

Rossiya yetakchisi hamkasbi Aleksandr Lukashenko bilan bu shartnomaga qaytishga kelishib olishganini ma’lum qildi. Shuningdek, amalga oshirish kerak bo‘lgan ishlar muhokama qilganini qo‘shimcha qildi.

Uning fikriga ko‘ra, ancha ishlar bajarilgan, lekin bu hali yetarlicha emas.

Ilgariroq Sochida Vladimir Putin bilan o‘tkazgan muzokaralaridan so‘ng Aleksandr Lukashenko ushbu mazmundagi savolga «biz birlik, urinishlarimizni, davlatlarni va xalqlarni birlashtirishda siz qanchalik tayyor bo‘lsangiz, shunchalik oldinga qadam qo‘yishga tayyormiz. Gapimga quloq soling, biz ertagayoq birlashishimiz mumkin, bizda muammo yo‘q, lekin sizlar, rossiyaliklar va belaruslar bunga tayyormisiz?» deya ritorik savol bilan murojaat qilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya va Belarus birlashadimi? Putinning javobi