Qozog‘iston janubidagi harbiy qismda portlash sodir bo‘ldi, aholi evakuatsiya qilinmoqda. Qozog‘istonning Arыsi shahrida joylashgan 44856-sonli harbiy qismning omborxonasida kuchli portlash sodir bo‘ldi.
Portlash bugun ertalab soat 9:20 da sodir bo‘lgan. Mahalliy aholi kuchli portlash, olov va tutunni kuzatmoqda va hatto oskolkalar hushtak chalib uchib o‘tishi ham eshitilmoqda. Portlash aholi turar joylariga yaqin joyda sodir bo‘lgani tufayli aholi tezkorlik bilan o‘z transport vositalarida Chimkent shahriga chiqib ketishga harakat qilmoqda.
Shuningdek, Turkiston viloyati akimati va favqulodda vaziyatlar vazirligi aholiga yordam ko‘rsatish choralarini ko‘rmoqda. Xususan, xavfsiz joylarda 15 ta evakuatsiya punktlari ochilgan va odamlar u yerlarga evakuatsiya qilinmoqda. Evakuatsiyada 40 ta avtobus ishtirok etmoqda. Ma’lumot uchun Arыsi shahrida 43 ming kishi yashaydi.
Bevosita yong‘in sodir bo‘lgan joyda 75 nafar o‘t o‘chiruvchilar va 16 ta yong‘in o‘chirish texnikasi va kinologlar brigadasi ishlamoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi
Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi
Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi
Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi
Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi
Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi
Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi