Kechadan buyon Qozog‘istoning Aris shahrida 45 ta yong‘inlar o‘chirilgan. Mudofaa vazirligi uchuvchisiz qurilmalar yordamida xarbiy omborxona uzra aerovizual kuzatuv ishlarini olib borgan. Buning natijasida hozirda yana 9 ta hududda portlash xavfi hamon mavjudligi ma’lum qilindi.
Mamlakat prezidenti Qosim Jomart Toqayev Aris shahriga tashrif buyurdi va evakuatsiya markazida mahalliy aholi bilan uchrashdi. Prezident vaziyat shaxsan uning nazorati ostida ekanligini va shahar butunlay qaytadan tiklanishini ma’lum qildi. Qurol- yarog‘ ombori Aris shahridan 200 metr masofada joylashgan. Qoidalarga ko‘ra, esa u aslida aholi punktidan 3 kilometr uzoqlikda bo‘lishi lozim bo‘lgan. Bu haqda mudofaa vaziri o‘rinbosari- Qozog‘iston Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Murod Bektanov ma’lum qildi.
Mazkur muammoni hal etish masalasida mudofaa vazirligi bir necha marotaba hujjatlarni taqdim etgan. Biroq buning uchun mahalliy aholini ko‘chirish lozim bo‘lgan. Mudofaa vazirligi bu yerdagi qurol yarog‘larni 2005 yildan boshlab ko‘chirishni boshlashni bildirgan, biroq buning uchun moliyalashtirish manbalarining yo‘qligi aytilgan. Hozirda shaharda sapyorlar guruhi portlamay qolgan snaryadlarni yig‘ish va zararsizlantirish ishlarini olib borishmoqda. Shahar aholisi bog‘cha va maktablarda tashkil etilgan evakuatsiya markazlariga joylashtirilgan.
Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, kecha ro‘y bergan portlashlar natijasida ikki kishi halok bo‘lgan, 165 nafari esa jarohatlangan. Kecha shoshilinch evakuatsiya vaqtida yo‘qolgan ming nafar bola ota-onasiga topshirilgan. Yana 14 nafar bolalarning yaqinlari qidirilmoqda. Butun Turkiston viloyati bo‘ylab, 47 ta evakuatsiya markazlari tashkil etilgan.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi
Abbosbek Fayzullayev “kashfiyotlar” qatorida
Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi
O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi
"Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi
AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik...
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi
Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman"