date
views 4 216

Dunyo bozorida oltinning narxi rekord darajada ko‘tarildi (video)

Dunyo bozorida oltinning narxi rekord darajada ko‘tarildi (video)
Dunyo bozorida oltin narxi rekord darajada qimmatlashib, dollar qiymati esa pasayishda davom etmoqda, deb xabar berdi Darakchi nashri.

Ayni damda qimmatbaho metall narxi shiddat bilan ko‘tarilmoqda. Seshanba kungi savdolar chog‘ida oltin narxi so‘nggi olti yildagi eng yuqori ko‘rsatkich, bir unsiya uchun 1442 dollarga borib yetdi. Ekspertlarning ta’kidlashicha, AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo mojarolari hamda Eron va AQSh munosabatlaridagi keskinlikning kuchayayotgani narxning ko‘tarilishida asosiy omil bo‘lmoqda.

Oltin narxining ko‘tarilishi ortidan AQSh Federal rezerv tizimi va boshqa davlatlarning markaziy banklari bazaviy foiz stavkalarini pasaytirishi mumkinligi haqida ogohlantirishdi. Dollar qadri pasayayotgan, qimmatbaho qog‘ozlar qiymati o‘ynab turgan bir paytda sarmoyadorlar oltinni o‘z qadrini saqlab turadigan boylik sifatida ko‘rmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, dollar o‘tgan yil avgustga nisbatan eng past ko‘rsatkichga tushib ketgan. Bank of America ning ta’kidlashicha, bu oxiri emas, yaqin vaqtlarda Tramp devalvatsiya to‘g‘risida qarorni qabul qiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyo bozorida oltinning narxi rekord darajada ko‘tarildi (video)