date
views 3 566

Leningradda yosh yigit o‘zbekistonlik fuqaroni unga tanbeh bergani uchun pichoqladi (video)

Leningradda yosh yigit o‘zbekistonlik fuqaroni unga tanbeh bergani uchun pichoqladi (video)
Rossiyaning Leningrad viloyatida 28 iyun kuni bir yigit o‘zbekistonlik muhojirga bir necha bor pichoq urdi. Buning sababi esa u o‘z mopedida ketayotib, muhojirga piyodalar o‘tish joyida yo‘l bermagani uchun tanbeh eshitgani bo‘ldi. Bu haqda «Novosti Uzbekistana» xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, yosh yigit migrantning orqasidan do‘konga kirgan va u yerda unga musht tushirgan, ammo qarshi zarba olgach, muhojirga bir necha marta pichoq bilan urgan. Shundan so‘ng g‘oyib bo‘lgan.

Muhojir og‘ir holatda kasalxonaga keltirilgan. Shifokorlarning urinishlariga qaramay, u shifoxonada jon bergan. Ma’lum bo‘lishicha, uning yuragiga zarba berilgan. Marhumning ismi Xamatullo Roziqov ekani aniqlandi.

29 iyun kuni Jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari Sankt-Peterburgda 15 yoshli maktab o‘quvchisini qo‘lga oldi. U 49 yoshli O‘zbekiston fuqarosiga pichoq bilan hujum qilganlikda gumon qilinmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Leningradda yosh yigit o‘zbekistonlik fuqaroni unga tanbeh bergani uchun pichoqladi (video)