Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan noformal tarzda suhbatlashdi. Ularning davrasiga keyinroq Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon qo‘shildi, deb xabar bermoqda Kun.uz nashri.
«Belarus va Rossiya prezidentlari Minskdagi davlat rahbari qarorgohida norasmiy uchrashuvi tashkil etildi. Keyinroq ularga Tojikiston Prezidenti qo‘shildi», — deb xabar bergan RF Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
Suhbat O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev sovg‘a qilga supada bo‘lib o‘tdi.
Peskovning ta’kidlashicha, davlat rahbarlari uchrashuvdan so‘ng, Minsk shahrida o‘tishi rejalashtirilgan II Yevropa o‘yinlari yopilish marosimida ishtirok etish uchun yo‘l oladi.
Ma’lumot uchun, Yevropa o‘yinlari qit’a sportchilari o‘rtasida to‘rt yilda bir marta tashkil etiladigan musobaqa bo‘lib, Yevropa olimpiya qo‘mitasi tomonidan tashkil etiladi. Birinchi Yevropa o‘yinlari 2015 yili Boku shahrida o‘tgandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi