16:06 / 02.07.2019
3 843

Ommaviy qirilish. Dinozavrlardan so‘ng navbat qaysi jonzotga keldi?

Ommaviy qirilish. Dinozavrlardan so‘ng navbat qaysi jonzotga keldi?
Foto: «Globallookpress.com»
Nemis entomologlari hasharotlarning ommaviy qirilishi boshlanganini aniqladi. Olimlar buning oqibati ancha jiddiy bo‘lishidan ogohlantirmoqda.

Dinozavrlardan so‘ng hali bunday ommaviy qirilish bo‘lmagan edi. Olimlarning ta’kidlashicha, hasharotlar sayyoramizda yashayotgan jonzotlarning uchdan ikki qismini tashkil etadi. Ularning qirilib ketishi tabiatdagi ozuqa zanjirining uzilishiga olib keladi. Bu esa ekologik tizimni buzib yuboradi.

Nemis olimlari 30 yil davomida tahminan 80 million hasharotni tekshirib ko‘rgan. Tajriba ob’ektlari Reyn daryosi bo‘yidagi 63 ta hasharotlar qopqonida tutilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, 1994 yildan buyon hasharotlarning umumiy biomassasi 76 foizga kamaygan. Bu esa o‘z navbatida ularni ist’emol qilib kun ko‘radigan qushlarning kamayishiga olib kelgan. Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, G‘arbiy Yevropada yaqin-orada ekologik inqiroz ro‘y berishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ommaviy qirilish. Dinozavrlardan so‘ng navbat qaysi jonzotga keldi?