
Foto: «RIA Novosti»
Amerikaning Kaliforniya shtati janubida 6,9 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda «Daryo» nashri.
AQSh geologiya xizmati ma’lumotiga ko‘ra, zilzila epimarkazi Ridjkrest shahridan 17 kilometr shimoli-sharqda bo‘lgan. Zilzila o‘chog‘i 10 kilometr chuqurlikda bo‘lgan.
WATCH: The moment the earthquake was felt at the Morongo Casino in Cabazon, California pic.twitter.com/D5Cj42NHlV
— BNO News (@BNONews) July 6, 2019
Bu hafda davomida hududda sodir bo‘lgan ikkinchi zilzila. Ridjkrest shahri yaqinidi 4 iyulda 6,4 balli yer silkinishi yuz bergandi. Shuningdek, aftershoklar qayd etilgan.
Ta’kidlanishicha, bu Kaliforniyada 1994 yildan beri sodir bo‘lgan eng kuchli zilzila. O‘shanda 6,7 balli yer silkinishi 60 nafar odamning halok bo‘lishiga va ommaviy vayrongarchilikka olib kelgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar